Institutimizda start berilgan “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi tadbirlarida oliygoh rektori O'.Salomovga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar ham faol qatnashishdi.
— Yurtimizda bo'layotgan islohotlarda biz ham chetda turmasdan o'z hissamizni qo'shishimiz darkor. Shuning uchun ham institutida innovatsion g’oyalar haftaligida bevosita ishtirok etish uchun keldim. Bu haftalikda tengdoshlarim orasidan turli innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishni o'rganish niyatidaman, — deydi Quva tumanilik Dilshod Xoshimov.
Oliygohda O'zbеkiston Badiiy akadеmiyasi Farg'ona viloyati bo'limi hamda institut o'rtasida tuzilgan ijara shartnomasi asosida tashkil etilgan badiiy ko'rgazmalar, betakror ijod namunalari hamda mazkur haftalik doirasida tashkillangan innovatsion loyihalar ko'rgazmalari bilan ham yaqindan tanishishdi.