Kuni kecha Farg‘ona "Avtooyna" MCHJ da, korxona bosh direktori O.B.Bastamqulov "Hodimlar bilan ishlash" bo'limi boshlig‘i O.L.Abduxamidov va Farg‘ona politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti dekani, O.S.Nazarmatov, Ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.M.G'afurov, kafedra katta o‘qituvchisi A.T.Gaynazarovlar ishtirokida oliy ta’limda ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlashga bag'ishlangan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Mazkur suhbatda "Avtooyna" MCHJda fakultet xususiyatidan kelib chiqqan holda doimiy faoliyat yurituvchi kafedra tashkil etish, kuchli raqobat muhitiga bardosh beradigan injiner mutaxassislar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, talaba-yoshlarning amaliyot o‘tashlari, 5+1 dasturi asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi va samarali kelishuvlarga erishildi.