Konferensiya doirasida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha muammoli masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:
-Jahonda energetik o‘tish jarayonlari va muqobil energetika sohasidagi siyosat;
-Muqobil va qayta tiklanuvchi energetikada innovatsiyalar;
-Barqaror rivojlanish strategiyasi va moliyaviy mexanizmlar;
-Energiya samarador bino va inshootlar arxitekturasi va muhandislik yechimlari;
-Energiya tejamkor va samarador texnologiyalar: zamonaviy elektron qurilmalar, texnologik jarayonlarni intellektual boshqarish tizimlari, metrologik o'lchashlar va sertifikatsiya;
Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi negizida muqobil energetika uchun istiqbolli kadrlar tayyorlash.