Manfaatli hamkorlik sari!
Kuni kecha, Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘.R.Salomov, prorektorlar J.Kambarov, Z.Hamroqulovlar, fakultet dekanlari va yana bir qator xodimlar Andijon viloyatidagi “UzAuto Motors” korxonasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif avvalida, oliygohimiz vakillarini, mutasaddi xodimlar korxona faoliyati bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi.
So‘ngra, institutimizda tahsil olayotgan iqtirdorli talabalarni mazkur korxonada amaliyot o‘tashga jalb qilish, ish bilan ta’minlash, 5+1 dasturi, o‘qituvchilarni stajirovkalarga yuborish masalalari kelishib olindi. Shuningdek, kelgusida ikki tashkilot o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.