13-14-noyabr kunlari Samarqand shahrida Ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi bo'lib o'tadi.
Forumda O'zbekistonning 50 dan ortiq, Turkiyaning 40 ta universiteti vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Forum ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va boshqa strategik yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, global istiqbolni ta’minlash uchun imkoniyat yaratish kabi mavzularga bag‘ishlanadi.