Farg'ona politexnika instutining Top-1000 talikdan o'rin egalladi


Dunyoda eng nufuzli hisoblangan QS tashkiloti Jahon universitetlari reytingi World University Rankings 2024 ni e'lon qildi. Unda mintaqalar bo'yicha, jumladan Osiyo mintaqasi bo'yicha ham universitetlar reytingi natijalari e'lon qilindi. 

 Quvonarli jihati shundaki,  Farg‘ona politexnika instituti ushbu reytingning barcha maqsadli ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’tirof etilib, Top-1000 talikdan joy oldi va 801+ o'rinda qayd etildi. 

Ta'kidlash joizki, yurtimizdagi 14 ta oliy ta'lim muassasasi ushbu reytingda ilk bor e'tirof etildi va ular orasida institutimiz ham borligi barchamizga faxr tuyg'usini bag'ishlaydi!

P.S. Oliygohning nufuzli xalqaro reytinglar ro'yxatida borligi barcha professor-o'qituvchilar hamda talabalar qalbida o'zgacha g'urur uyg'otadi va yanada shijoat bilan ishlashga, o'qishga undaydi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti