Bugun  «UZAUTO MOTORS» aksiyadorlik jamiyati vakillari ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish maqsadida Farg'ona politexnika institutiga tashrif buyurishdi.

Dastavval, institut majlislar zalida   «UZAUTO MOTORS» aksiyadorlik jamiyati vakillari hamda institut o'quv ishlar bo'yicha prorektori J.Kambarov, kafedra mudirlari, mas'ullar  ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda korxonada ilmiy-innovatsion guruh tashkil etish masalasi ko'rib chiqildi.  Ushbu guruh orqali birgalikda tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, keyinchalik fokus guruhlar tashkil etish orqali hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, iqtirdorli talabalarni mazkur korxonada amaliyot o‘tashga jalb qilish, ish bilan ta’minlash, 5+1 dasturi, o‘qituvchilarni stajirovkalarga yuborish masalalari kelishib olindi va yo‘l xaritasi tuzildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti