Kuni kecha institutimiz taklifiga ko‘ra, Farg‘ona viloyat xalq ta’limi bo‘limida maktablarga Yapon ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha xorijiy maslahatchi sifatida ishlab kelayotgan Yaponiyaning nufuzli Waseda universiteti bitiruvchisi, Tokai universiteti ilmiy xodimi Dr.Eng. Koichi Koganezava tashrif buyurdi.
Dr.Eng.Koichi, mutaxassisligi “Mexatronika va robototexnika” bo‘lganligi sababli, "Erasmus+" tomonidan moliyalashtirilgan "MechaUz" loyihasining Mexatronika laboratoriyasi faoliyati hamda oliygohimizda ushbu loyiha doirasida ochilgan bakalavr yo’nalishi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, janob Koganezava tashrifi davomida “Mexatronika va robototexnika” yo‘nalishi talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib borishi borasida kelishuv amalga oshirildi.
Dr.Eng.Koichi, "Robot kinematics and control" nomli kitobini oliygohimiz jamoasiga taqdim qildi.