Bugun Farg'ona shahrida "HASSP-ISO 22000ga MUVOFIQ OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI" xalqaro standarti talablari va sertifikatlash jarayoni bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi.
Seminarning asosiy maqsadi, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va barcha ishlab chiqarish bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni baholash, xavfli hududlarda muhim nazorat nuqtalari va profilaktik choralarning muvofiqligini ta'minlash hamda HACCP ISO-22000 standartidagi eng muhim masalalardan biri hisoblangan xavf-xatarni aniqlash va tanqidiy nazorat nuqtalarini identifikatsiya qilishdan iborat.
Mazkur treningda, Kimyo texnologiya fakulteti, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha dekan o'rinbosari D.Shodiyev, Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta'lim yo'nalishi professor-o'qituvchilari hamda iqtidorli talabalar faol ishtirok etdi.