Yaponiyaning "Willtec Co., Ltd va WAT Consulting" kompaniyalarining taklifiga binoan Farg’ona politexnika instituti rektori O’ktam Salomov boshchiligidagi institut delegatsiyasi Yaponiyaga tashrif buyurdi.
Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya vakillari WAT Consulting kompaniyasining Inson kapitalini rivojlantirish markazi o’quv-trening va laboratoriya bazalari bilan yaqindan tanishishdi.
Markaz faoliyati bilan tanishish binobarida WAT Consulting kompaniyasi prezidenti janob Mizutani boshchiligidagi mas’ul rahbarlar Oki Karino, Naoto Mikami va Seiichi Urasawa ishtirokida institutda tashkil etilgan Yapon tili va yapon texnologiyalari markazi faoliyatini rivojlantirish, uning texnologik ta’minotini shakllantirish bo’yicha muzokara o’tkazildi.