Bugun institut 1-gallareyasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida institutimiz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarni oldini olish va bartaraf etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut 1-prorektori Sh.Dehkanov, institut institutda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Majidov, fakultet dekani o'rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Farg'ona viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Azamat Akramov korrupsion holatlarga duch kelganda 1007 qisqa ishonch telefonlariga murojaat qilishlari haqida talabalarga tushunchalar berib o'tdi.