#xalqaro_tashrif #uchinchi_kun


Xabar berganimizdek, "Willtec Co., Ltd va WAT Consulting" kompaniyalarining taklifiga binoan institut rektori O’. Salomov boshchiligidagi delegatsiya vakillari  Yaponiyaga tashrif buyurishgan.

Delegatsiya vakillari tashrifning uchinchi kunida Yaponiyaning Yokogama shahridagi Wat Consulting BIM texnologiyasi orqali bino-inshootlarni 3D skaneri va dronlar vositasida elektron modellarini yaratish markaziga borishdi.

Delegatsiya a'zolariga markaz mas'ullari tomonidan markaz faoliyati haqida  batafsil ma'lumot berildi va ishlab chiqarish mexanizmi to'liq tanishtirildi. Shuningdek, BIM texnologiya bo’yicha O’zbekistonda binolar modelini hamkorlikda tayyorlash loyihalarini amalga oshirish bo’yicha kelishib olindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti