#xalqaro_tashrif #ikkinchi_kun


Avval xabar berganimizdek, institut rektori O’. Salomov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Yaponiyaga tashrif buyurishgan.

Delegatsiya a’zolari Willtec kompaniyasi tashabbusi bilan “Xalqaro robototexnika ko’rgazmasida” ishtirok etishdi.Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo’yicha ko’rgazmada qatnashayotgan Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari mahsulotlari hamda universitetlarning ushbu sohada olib borayotgan tadqiqotlari bilan tanishildi. 

Ko’rgazma doirasida Yaponiyaning yirik kompaniyalaridan THK kompaniyasi Xalqaro savdo departamenti boshlig’i Kazuhiro Konishi, NACHI kompaniyasi bosh menejeri Shunsuke Kosaka, FANUC, Mitsubishi Electronics xalqaro aloqalar bo’limi boshliqlari hamda Willtec kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Standart Robots kompaniyasi bosh menejeri Takahiro Nishi bilan institutda ishlab chiqarish jarayonlarini texnik va texnologik to’liq siklini laboratoriya ko’rinishida tashkil qilish bo’yicha qator muzokaralar o’tkazishdi.

Shuningdek, “Kanazawa Institute of Technology” va “Ritsumeikan University” bilan robototexnika yo’nalishida ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida kelishuvlarga erishildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti