Xabar berayotganimizdek, Farg’ona politexnika instituti rektori O’.Salomov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Yaponiyaga tashrif buyurishgan edi.
Tashrifning so’nggi kunida Willtec kompaniyasi rahbariyati bilan ikki tomonlama o’zaro hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish bo’yicha muzokaralar olib borildi.
Institutida tashkil etilgan “Yapon tili va yapon texnologiyalari markazi”da maqsadli kadrlar tayyorlov dasturlari va yo’nalishlari soni hamda ko’lamini oshirish, faoliyatini kengaytirish, hamkorlikda yangi turdagi loyihalarni joriy qilish bo’yicha shartnoma imzolandi