Institut rektori O‘. Salomov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Yaponiyaning Osaka shahridagi Willtec kompaniyasining “Robototexnika rivojlanish markazi”ga tashrifi amalga oshirildi.
Institutmiz vakillari mazkur markazning robototexnika yo‘nalishidagi laboratoriya va tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarni to‘liq sikli uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘limi mahsulotlari hamda trening markazi faoliyati ham o‘rganildi.