Hurmatli shahrimiz fuqarolari va mehmonlari!!!


Sifatsiz oziq-ovqat maxsulotlarini tanavvul qilmang!

Xalqimiz salomatligining eng muhim vazifalaridan biri, oziq-ovqat xavfsizligini doimiy nazorat qilib borishdir. Bu borada joriy yilning o‘tgan
10 oyida shahar hududidagi bozorlar, oshxonalar, savdo do‘konlarida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda sanitariya holatlarini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlar olib borildi.

 Jumladan, mavsumga qarab Farg‘ona shahar IIOFMB, FVB, SEO va JSM, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari hamda bozorlar xodimlari bilan hamkorlikda reydlar tashkil etib kelinmoqda. Reydlar davomida sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari sotuvdan olib, ishchi guruh tomonidan belgilangan tartibda yo‘q qilinmoqda.

Aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish va botulizm kasalligini oldini olish maqsadida barcha mahallalarda targ‘ibot ishlari o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rilayotgan choralarning barchasi xalqimiz salomatligini muhofaza qilishga qaratilganligini inobatga olib, shahrimiz fuqarolaridan shuni so‘rab qolamizki, sifat sertifikati bo‘lmagan tez aynuvchi oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olish hamda tanavvul qilishdan oldin uning oqibati qanday holatlarga olib kelishi, vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmasa insonning vafot etishigaga olib kelishi mumkinligini anglab yetishlarini so‘rab qolamiz!

Fargʻona shahar FVB boshligʻi oʻrinbosari kapitan A.Apponov

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti