2024-yil 12-yanvar kuni institutimiz Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi L.Mamadaliyeva, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari hamda ARM xodimlari bilan hamkorlikda oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” shiori ostida "Kitobxon onadan - kitobxon bolaga" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda hunarmand, nafaqadagi pedagog, "Do'stlik" ordeni sohibasi Hidoyatxon Umarova onamiz ishtirok etib, o'zlarining hayot faoliyati, ijodi bilan fikr almashdi va kitob, inson hayotini nurafshon etuvchi eng yaxshi do'st ekani haqida ham alohida ta'kidlab o'tdi.