#Axborot_xavfsizligi_haftaligi


Bugun Farg'ona politexnika institutida, Marg'ilon Raqamli texnologiyalar markazi rahbari Bahrom Jalilov, viloyat IIB kiberxavfsizlik tezkor bo'limi vakili Kamron Qurbonov va oliygohimiz birinchi prorektori Sh.Dehkanovlar boshchiligida, institutimizda “Axborot xavfsizligi” haftaligi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “CyberTech” tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlov, "Windows operatsion tizimiga ruxsatsiz kirish amaliyotini bajarish", "Auditoriyaga o‘rnatilgan Wi-Fi qurilmasiga ruxsatsiz kirish" hamda "Lokal tarmoqqa ulangan kompyuterga ruxsatsiz kirishni amalga oshirish va belgilangan ma’lumotni qo‘lga kiritish" kabi 3 shartdan iborat bo'lib, mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning har bir shartni bajarish jarayoni kuzatilib, munosib baholab borildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti