Bo'lib o'tgan “CyberTech” tanlovi natijalariga ko'ra, faxrli 1-o'rinni KLT fakulteti, 62-20 E va A guruhi talabasi A.Mamatxonov, 2-o'rinni 70-20-guruh talabasi D.G'aybullayev, 3-o'rinni esa E 56-22 guruhi talabasi Sh.Vahobovlar egalladi.
Shuningdek KLT fakulteti talabalari S.Sadullayev, T.Rustamov, X.Sherg'oziyev, A.Rahimov va ICHB fakulteti talabasi K.Nazirovlar ekspertlar tomonidan "Faol talabalar" nominatsiyasiga loyiq deb topilib, bir semestr davomida 1 marotaba barcha fanlarning mustaqil ta’limidan ozod etilib, bu bo'yicha maksimal ballni qo'lga kiritdilar.
Institut rektori O'.R.Salomov, g'olib bo'lgan talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va kelajakda bu yoshlardan umidi katta ekanligini alohida ta'kidlab o'tib, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirladi.