O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Pekinda, O‘zbekiston-Xitoy 1-ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forumda ikki davlatdan 100 dan ortiq OTMlar qatnashayotgan bo‘lib, 120 dan ortiq o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirilmoqda. 

Mazkur ta'lim forumida ishtirok etayotgan institutimiz rektori O‘.R.Salomov, Yalpi majlisi davomida Shimoliy Xitoy Texnologiya universiteti hamda Shimoliy Xitoy elektr energetika universiteti bilan o‘quv, ilmiy va innovatsion yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzoladi. 

Shuningdek, institutimiz rektori Forumning "Muhandislik, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlik" deb nomlangan 2-sho‘basida spiker-moderator etib tayinlangan bo‘lib, ushbu sho‘bada respublikamizning yetakchi soha universitetlari o‘zlarining hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlari bilan qatnashmoqdalar.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti