Bugun Xitoyning Tyanszin shahrida O'zbekiston-Xitoy oliy ta’lim muassasalari Tyanszin forumi bo'lib o'tdi. Farg'ona politexnika instituti rektori O'ktam Salomov forum doirasida qator Xitoyning nufuzli universitetlari bilan o'zaro hamkorlik borasida muzokaralar o'tkazdi.
Muzokaralar davomida Tyanszin texnologiyalar universiteti(Tianjin University of Technology) va Tyanszin xorijiy tillar(fanlar) universiteti(Tianjin Foreign Studies University) bilan ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlik bo'yicha Memorandumlar imzolandi.