Bugun institut rektori O'.Salomov Xitoyning nufuzli universitetlaridan biri Shimoliy Xitoy elektr energetika universiteti hamda Shimoliy Xitoy texnologiya universitetiga tashrif buyurdi. Ikki tomonlama muzokaralar natijasida qator manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar natijasida professor-o'qituvchi, talabalar almashinuvlarini yo'lga qo'yish, qo'shma ta’lim dasturlari tashkil etish va ularga hamkorlar tomonidan grant kvotalari ajratish, har yili hamkorlikda ilmiy konferensiya o'tkazish hamda hamkorlikda institutimizda qo'shma ta'lim markazi ochishga kelishib olindi.
Shuningdek, Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti tomonidan Farg'ona politexnika institutiga loyihalar uchun umumiy qiymati yiliga bir million xitoy yuani miqdoridagi investitsiya ajratilishi belgilandi.