Harbiy institutda tahsil olishni istagan talabalarimiz uchun maxsus taklif


Bugun Farg'ona politexnika institutida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv oliygohimizda tahsil oluvchi 3 kurs talabalarining Tyutorlari uchun bo'lib o'tdi. Ushbu ta'lim muassasadagi ta'lim jarayonlari, yo'nalishlar, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar o'qishga kirish haqida mutaxassislar tomonidan  Tyotorlarga batafsil ma'lumot berib o'tildi.

Tez kunlarda ushbu  harbiy institutda tahsil olishni istagan talaba-yoshlar uchun ham uchrashuv tashkillanadi va unda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Harbiy institut haqidagi barcha ma'lumotlar mazkur muassasaning rasmiy veb sayti (mvahi.uz) da mavjud.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti