Yig‘ilishda, institut rektori O‘.Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, kengash a’zolari hamda bo‘lim boshlig‘lari ishtirok etdi. Mazkur yig'ilishda kun tartibidan o‘rin olgan 5 ta muhim hamda 10 ga yaqin turli ilmiy va tashkiliy masalar keng muhokama etildi.
Dastlab, institutimizda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Mexanika-mashinasozlik fakulteti professori Ergashali Mirzakarimovni 75 yoshga to’lganligi munosabati institut rektori O'. Salomov tabriklab, mehnat faoliyatida katta maktab yarata olganligini ta’kidladi. Shuningdek, ta’lim muassasada faoliyat olib boruvchi 3 ta professor-o'qituvchilarni fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olganliklari bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
“Tanlov va ilmiy unvon” larga tavsiya etish to’g’risida kengash a’zolari tarkibi tasdiqlandi. Ikkinchi qismda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, Farmon va Farmoishlarining institutda ijrosi bo’yicha Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo'lim boshlig'i Bekzod Abduhalilov ma’ruza qildi.
Institutda oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim instituti faoliyatini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, ilmiy kengashlar va himoyalar tizimini xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish haqida oliygoh ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'lim boshlig'i Sirojiddin Ergashev batafsil ma'lumot berib o'tdi.
Ilmiy kengash kun tartibidagi navbatdagi masala, "Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari" fakulteti strategiyasi haqida fakultet dekani Muhammadrafiq Tohirov to'xtalib o'tdi. Shundan so'ng, Qurulish fakultetida yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar borasida Ko'mak guruhining monitoring tahlili bo'lib o'tdi.Yig'ilish davomida institut bosh auditorining 2023-yildagi faoliyat hisoboti va 2024-yil ish rejasini tasdiqlash to'g'risida oliygoh bosh auditori S.N.Toshmamatov batafsil ma'lumot berdi.
Kun tartibidagi keyingi masala: Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda institutda raqamlashtirish jarayonlarining holati to'g'risida institut RTTM direktori Muhiddin Sobirov ma'lumot berdi. Ilmiy kengash yakuniy qismida institut xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Ilmdorjon Jahongirov "Institut delegatsiyasining O'zbekiston-Xitoy ta'lim forumidagi ishtiroki natijalari to'g'risida" ma'lumot berib o'tdi.
Bugungi yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar chiqarildi.