Bugun Farg'ona politexnika institutining 1-gallareyasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Burhon Kuldashev, Farg'ona shahar IIO FMB 2-son IIB boshlig'i mayor Xolbekov Jahongir,Viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hodimi Yulchiyev Javlonbek, talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga mas'ul bo'lgan rektor maslahatchisi I.Iskandarov, Mexanika-mashinasozlik fakulteti dekani O.Nazarmatov hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarga hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishi, yoshlar ongida Vatanimizga bo‘lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakillantirishimiz muhim o‘rin tutishi tushuntirildi.
Uchrashuv yakunida, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.