Bugun institutimizda, talabalar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.


Ushbu yig'ilishda,Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Dehkanov, talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga mas'ul bo'lgan rektor maslahatchisi I.Iskandarov, oliygoh profilaktika inspektori, kapitan H.Homidovdekan o’rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

Yig’ilish davomida, Sh.Dehkanov tomonidan talabalar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, Hemis dasturi, talabalar Pasportini tayyorlash, ijara va TTJlarga joylashgan talabalar o'rtasida ham ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga ham alohida e'tibor qaratish va ularni qiynab kelayotgan muammolarga tizimli yechim topish kabi muhim masalalar bo’yicha mas'ullarga kerakli topshiriqlar berildi. 

Mazkur yig'ilish yakunida yuqoridagi topshiriqlar yuzasidan Yo'l xaritasini ishlab chiqish va tadbiq qilish bo'yicha  kelishib olindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti