Bugun Farg'ona politexnika instituti majlislar zalida, o'quv ishlar bo'yichaprorektor Jamoliddin Kambarov fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, kafedramudirlar hamda bo'lim boshliqlariga institutda ta'lim sifatini oshirish rejasini ishlabchiqishga doir masalalar yuzasidan tahliliy, tanqidiy yig'ilish o'tkazdi.
Mazkur yig'ilishda J.Kambarov ta'lim sifatini rivojlantirishda 2 bosqichli tizimdaishlash lozimligini ta'kidladi. Birinchi bosqich 10 ta mezonni o'z ichiga oladi va bularquyidagilar:
—Talabalarning o‘z sohasiga oid qiziqishlarini ta’minlash orqali o‘qishga bo‘lganmotivatsiyasini oshirish,
— O‘quv reja va dasturlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish,
—“5+1” va “4+2” ta’lim modeli asosida sifatni oshirish,
— Ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish,
— Mehnat bozori talablari asosida ta’lim yo‘nalishlarini yangilab borish,
— Professor-o‘qituvchilarning mahoratlarini oshirib borish,
— Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish,
— Iqtidorli talabalar guruhlarini tashkil etish orqali kadrlar tayyorlash tiziminitakomillashtirish,
—Ta’lim jarayonida jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish,
—Baholash mezoni samaradorligini oshirish
Ta’lim sifatini oshirishning ikkinchi bosqichida esa 12 ta mezonga asoslangandastur tuzilgan bo’lib, bu haqida ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Yig’ilish yakunida J.Kambarov har bir yo‘nalishda ta’lim sifatini rivojlantirishgamas’ullar tayinladi va ularga kerakli topshiriqlarni berdi.