Farg'ona politexnika institutida "Shashlik day" tanlovi o‘tkazildi


Institutimiz faoliyat olib boruvchi Yoshlar bilan ishlash, Ma'naviyat-ma'rifat hamda Yoshlar ittifoqi bo'limlari tashabbusi bilan oliygohimiz talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda o‘zbek tansiq taomlari qatoriga kiritilgan bir-biridan mazali kaboblar o‘ziga xos uslublarda tayyorlandi.

 "Shashlik day" tanlovida barcha fakultetlardan katta qiziqish va ishtiyoq bilan ishtirok etgan talabalar kabob tayyorlashning turli xil ko’rinishlarini namoyish etdilar. Tayyorlangan kaboblar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi. 

Mazkur tanlovda quyidagi fakultetlar o'rin egalladi va maxsus diplomlar topshirildi:

1-Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti,
2-Mexanika-mashinasozlik fakulteti
3-Energetika fakulteti

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti