Talabalarimiz Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi


Bugun oliygohimizda "Talabalar ligasi" sport musaboqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada  sportning basketbol turidan "Politex sport klubi" jamoasi a'zolari g'oliblikni qo'lga kiritdi. Yigitlar jamoasi faxrli 1-o'rinni hamda qizlar jamoasi esa 3-o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanmaga ega bo'lishdi.

G'olib bo'lgan talabalarimizni institutimiz nomidan tabriklaymiz, Respublika bosqichida ham faxrli o'rinni  qayd etishlariga ishonamiz!

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti