Buyuk allomalarimiz ilmiy merosidagi ilm— ma’rifat, yuksak insonparvarlik g'oyalarini xalqimizga yetkazish maqsadida tashkillangan mazkur uchrashuvda Islom sivilizatsiyasi markazi mutaxassisi I.Bekmirzayev, Imom Buxoriy markazi mutaxassisi J.Jumayev, Imom Termiziy markazi mutaxassisi S.Boboxujayev, institut 1-prorektori Sh.Dehkanov, talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga mas'ul bo'lgan rektor maslahatchisi I.Iskandarov, profilaktika inspektori, kapitan H.Homidov, fakultet dekan o'rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida "O'zbekiston-2030" strategiyasida diniy erkinlik va bag'rikenglik masalalariga, shuningdek talaba-yoshlarning ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda ular o‘rtasida ijtimoiy – siyosiy vaziyat barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishini oldini olish, oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab – quvvatlashdan iborat ekanligi ta’kidlanib o‘tildi.
Tadbir yakunida dunyoda bugun ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlar, yoshlar ongiga bo‘layotgan axborot xurujlari va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida ham so‘z yuritildi hamda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.