Institutda yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi


Bugun Farg‘ona politexnika institutiga O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi Farruh Aliyev, Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Muhsinjon G‘oyipov Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Ulug‘bek Bobojonov tashrif buyurishdi.

Dastavval, mehmonlar talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilagan shart-sharoitlar, yangi tashkil etilgan muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng,  talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, o‘tkazilayotgan “Zakovat” hamda “Shaxmat” musobaqalarini bevosita tomosha qilishdi.  Institutda yoshlarning mustaqil ta’lim olish uchun tashkillangan “Renessans Hall” faoliyati, talabalar tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Ayniqsa, oliygohimizdagi  betakror ijod namunalari hamda  innovatsion loyiha va  ko‘rgazmalar bugungi tashrif buyurgan mehmonlarda  alohida taassurot qoldirdi.

Institut madaniyat zalida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.  Mazkur uchrashuvda talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi. Shuningdek,  g‘azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiyning tavalludi munosabati bilan, shoirning hayot yo‘li, g‘azallari tavsifi haqida O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi, shoira Farida Anis batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Uchrashuvda ichki ishlar tizimida ishlashni istagan talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan javob olishdi. Tadbir yakunida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat“ intellektual o‘yini  g‘oliblari ya’ni 1-o‘rin Mexanika fakultetining “Elita” jamoasi, 2-o‘rin Qurilish fakultetining “Monopoliya” jamoasi, 3-o‘rin Kompyuterlashgan loyihalash  tizimlari fakultetining “Everest” jamoasi a’zolari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Uchrashuvdan so‘ng, talabalarimiz Farg‘ona Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalarni tomosha qilishdi va o‘zlari ham bu jarayonlarda bevosita ishtirok etishdi.     

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti