Mazkur tadbirlarda institut 1-prorektori Sherzod Dehkanov, geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Fozil Otaqulov va Olimjon Abdug'aniyev, FarDU ekologiya kafedrasi dotsenti Murodjon Xoliqulov, institut dekan va dekan o'rinbosarlari, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalar ishtirok etishdi. Dastavval, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliygoh hududiga manzarali ko‘chatlar ekishdi.
Shundan so'ng, institut 1-gallareyasida 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston-yosh avlod kadrlari" loyihasi doirasida "Biz kelajak yosh liderlari Ekopartiyani tanlaymiz!" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Ekologiya, atrof-muhitni asrab-avaylash, o‘simlik va xayvonot olamiga yana mehr-e'tiborli bo‘lish barchamizning muhim vazifamiz ekani, bu jarayonda Ekopartiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari ijrosi haqida so‘z yuritildi. Samimiy fikr mulohazalar asosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlar ekologik muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflari, fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Tabdirning so'nggi qismida esa, oliygoh majlislar zalida "Farg'ona vodiysida mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish, ekologik xavf solib turgan muammolarga ilmiy nuqtai nazardan to'g'ri baxo berish va amaliy yechim topish" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi. Ushbu seminarda chiqindi suv resurslarini tejash va atmosfera havosiga zararli gazlarni chiqishi bo‘yicha muammolar ekolog olimlar, professorlarning ilmiy yondoshuvlari asosidagi ma'ruzalari tinglandi, ekologik muammolarning yechimi bo'yicha takliflari eshitildi. Seminar so'nggida ushbu masalalarni o‘rganish, bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzib, kelgusidagi istiqboli vazifalar belgilab olindi.