Institutimizda IT mutaxassisligi bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi


Kuni kecha Farg‘ona politexnika institutiga “Silk Road Profressionals” IT korxona ta’sischisi  James Wenger hamda “Sherikkon Consulting”  korxonasi rahbari Farhod Jabborov hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Z.Yunusovlar tashrif buyurdi. 

Dastavval, institut majlislar zalida oliygoh kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti dekani M.Tohirov, o'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i o'rinbosari O.Soliyev hamda  soha vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda Farg‘ona vodiysida IT mutaxassisligi bo‘yicha yangi loyihalar bilan tanishtirish va bu sohada ta'lim muassasamiz bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari ko’rib chiqildi. Muzokaralar natijasida, yuqoridagi hamkor tashkilot vakillari institutimiz bilan kelgusidagi istiqbolli rejalarni amalga oshirishni kelishib olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti