2024-yil 13-fevral kuni “11-fevral ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabat bilan Farg’ona politexnika institutida “Ilmli ayol — jamiyat ko'zgusi" shiori ostida “PhD sari qadam” mavzusida seminar-trening boʻlib o'tdi.
Seminar trening institut xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi L.Mamadaliyeva tashabbusi bilan Mexanika-mashinasozlik fakulteti tomonidan tashkil etildi. Seminarda fakultet xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi G.Alimjonova, maslahat kengashi aʼzolari, professor- o'qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Seminarda xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi rolini oshirish, manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash borasida qabul qilingan huquqiy hujjatlar, ijtimoiy imtiyozlar,qoʻlga kiritilgan yutuqlar hamda texnika va texnoligiyadagi yangi innovatsiyalar, muammo va yechimlar toʻgʻrisida ilmiy asoslangan maʼruzalar va taqdimotlar taqdim etilb, qiziqarli savol-javoblar hamda munozaralarga boy tarzda o'tdi.