Kuni kecha Yengil sanoat va toʻqimachilik fakulteti YBIB dekan o‘rinbosari, institut ARM xodimlari va fakultet tyutorlari bilan birgalikda saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati, ularga mashg‘ulligi bilan Osiyodagi podshohlar orasida dovrugʻ qozongan, shox va shoir Boburiylar sulolasi asoschisi Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan institutimizning axborot resurs markazida “Boburiylar sulolasi asoschisi” mavzusida adabiy kecha oʻtkazildi.
Tadbirda fakultet tyutori tarixchi Sh.Ubaydullayeva Zahiriddin Muhammad Boburning 47 yillik hayoti davomida boy adabiy va ilmiy meros qoldirganligini so‘zlab berdi. Uning jahon e’tirofiga sazovor bo‘lgan mashhur “Boburnoma” asari, o‘ziga xos va go‘zal lirik asarlar (g‘azal, ruboiylar), islom huquqshunosligi (“Mubayin”), aruz vazni (“Risolai aruz”), musiqa, harbiy ishlar bo‘yicha risolalar, shuningdek, “Xatt-i Boburiy” maxsus alifbosi muallifi ekanligini xam yana bir bor talabalarga eslatib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida buyuk shoirning g‘azal va ruboiylaridan parchalar keltirildi.