Kuni kecha institutning 1-galereyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabr kuni PF-158-son farmoni bilan imzolangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining mazmun mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultetining Iqtisodiyot va Raqamli iqtisodiyot ta'lim yo'nalishi talabalari uchun seminar-trening tashkillandi.
Mazku seminarda Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri i.f.d., professor Ibrohim Ismanov, Iqtisodiyot kafedrasi mudiri i.f.d., professor Elnora Mo'minova o'zlarini ma'ruzalari bilan ishtirok etib, "O‘zbekiston — 2030” strategiyasining mazmun mohiyatini, maqsad va vazifalari haqida talabalar batafsil ma'lumot berishdi.
Uchrashuv so'ngida talabalarning fikr mulohazalari ham tinglandi va qiziqtirgan savollariga javob olishdi.