Hurmatli talabalar, institutning o'quv hamda ma'naviyat-ma'rifat bo'limlari shuni ma'lum qiladiki, 2023/2024-o‘quv yili kuzgi semester yakuniy nazorat imtihonlari natijalariga muvofiq har bir talaba ma‘lumotlari tahlil qilinib, har bir fakultet miqyosida stipendiya komissiyasi tomonidan buyruqlashtirilgan holda buhgalteriyaga taqdim etilmoqda. Shuningdek, buhgalteriya mas'ullari ham har bir talabaga yakka tartibda yondoshib, hisob-kitob ishlari parallel ravishda olib borilayotganini hamda talabalarga stipendiya tez fursatlarda to‘lanilishini ma’lum qilamiz!