Bugun institutimizning 1-galereyasida Ilmiy bo'lim va oliygohimiz lideri S.Saydaxmedov tashabbusi bilan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika ko'rik tanlovida qatnashish istagida bo'lgan talaba-yoshlar uchun seminar tashkil etildi.
Seminar davomida, mazkur tanlovga kerak bo'ladigan hujjatlarni yig'ish va ularni qay yo'sinda topshirish borasida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
Shuningdek yig'ilishga institutning Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'lim boshlig'i A.Homidov, IT Park Farg'ona filiali Startaplar bo'yicha bosh menejeri I.Boltaboyev, tanlovning 2022-yildagi gʻoliblari Fargʻona yoshlar akademiyasi lideri J.Abduvaliyev hamda oliygohimiz talabasi K.Nishonovlar talabalarga motivatsiya berish maqsadida taklif etildi. Yoshlar, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to'liq javob oldilar.