2024-yil 14-fevral kuni Energetika fakulteti "Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari" kafedrasi mudiri Usmonov Shukurillo Yulbarsovich va kafedra o‘qituvchisi Soliyev Bobonazar G‘ulomjon o‘g‘li 55,56-20 E(issiqlik energetikasi) guruh talabalari bilan birgalikda "Farg‘ona issiqlik elektr markazi" AJ korxonasida "5+1" dasturiga asosan "Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash" fanidan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar.
Mashg‘ulotni korxona bo‘lim boshlig‘i Muminov Alisher Adilovich olib bordi. O‘quv jarayonida davomida korxonadagi asosiy texnologik jarayonlar va uni amalga oshiradigan qurilmalar korxona sexlarida bevosita mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, tahlil qilindi. Bu jarayonda talabalar juda katta amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.