Germaniya Federativ Respublikasining Hochschule Albstadt universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi


15-fevral kuni Farg‘ona politexnika instituti “Yengil sanoat va to‘qimachilik” fakultetiga Germaniya Federativ Respublikasining Hochschule Albstadt universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida fakultet talabalari bilan uchrashib, Hochschule Albstadt universitetining akademik mobillik dasturlari, magistratura, doktoranturada o‘qish talablari atroflicha tushuntirib o‘tildi.

Uchrashuv davomida talabalar va magistrlar universitetni yillik qabul kvotalari, imkoniyatlari, qabul shartlari, akademik mobillik bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti