"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida uchrashuv tashkil etildi


Kuni kecha Farg'ona politexnika institutining 1-gallareyasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mita vakili N.Shomirzayev, institut 1-prorektori Sh. Dehkanov, hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalarga hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishi, yoshlar ongida Vatanimizga bo‘lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakillantirishimiz muhim o‘rin tutishi tushuntirildi. 

Uchrashuv yakunida, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti