2024-yil 16-fevral kuni “11-fevral ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabat bilan Farg’ona politexnika instituti Qurilish fakultetida "Olima ayollar -e'tiborda" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi L.Mamadaliyeva, KLT fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi L.Tishaboyeva, Qurilish fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi N.Usmonova, fakultet olima ayollari, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda so'z olgan L.Mamadaliyeva institutda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xususan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan talaba va o‘qituvchi ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shundan so'ng fakultet olima ayollaridan N.Goncharova, S.Mirzababayeva, K.Hakimova va Z.Abobakirovalar o'z ilm yo'llari haqida ma'limotlar berdilar. Tadbir yig'ilganlarda katta taassurot uyg'otdi.