
2024 yildan boshlab institutimiz uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.
Ushbu imkoniyatdan foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida institut va milliy kutubxona hamkorligida “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalari va ulardan foydalanish tartibi” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Ushbu vebinarda institut professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistr, mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Vebinar davomidada Milliy kutubxona tomonidan taqdim etilayotgan EBSCO, Proquest, Znanium, East view, polpred.com, Press reader va EIFL konsorsiumining 10dan ortiq bazalari va ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi.
