"Ilmli ayol jamiyat ko'zgusi" davra suhbati


2023 yil 16 fevral kuni Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Daliyeva M tomonidan 11-fevral "Ilm fan sohasidagi  ayollar va qizlar kuni " munosabati bilan institutda o'tkazilayotgan haftalik tadbirlar  doirasida " Ilmli ayol jamiyat ko'zgusu" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi L.K.Mamadaliyeva, Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti " Tabiiy tolalar" kafedrasi  olima ayollari M.O.Umarova , M.M.Niyazaliyeva, Sh.A.Xusanova va fakultetning 1-bosqich talaba qizlari qatnashdilar.

Olima ayollar talaba qizlarga o'zlarining ilm-fanga kiritgan yangiliklari , soha rivojiga qo'shgan hissalari haqida ma'lumot berdilar.

Tadbir davomida talabalarda o'zlarining yo'nalishlarida  ilmiy izlanishlarni olib borish, ustozlarni ishlarini davom ettirishga bo'lgan qiziqish uyg'ondi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti