14-fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi munosabati bilan Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutorlari I.Abdurasulov va O.Ro‘zmatova hamda iqtidorli talabalari tomonidan "Bobur- sevgi, sadoqat va vafo kuychisi"mavzusida bayram dasturi o'tkazildi.
Badiiy kechada ishtirokchilar tomonidan Z.M Boburning bosib òtgan yòllari, amalga oshirgan ishlari hamda kelajak avlodga qoldirgan ijodiy merosi haqida tomoshabinlarga ma'lumot berib òtildi.
Tadbirda namoyish etilgan raqs, kuy va qòshiqlar ketma-ketligi, Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub ĝazal, ruboiylari hamda hayotiga oid sahna ko'rinishi kechaga òzgacha shukuh baxsh etdi va tomoshabinlar vaqtini mazmunli òtkazishlarini ta'minladi.