Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sh.Dexkanov Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultetining Farg'ona shahar Alisher Navoiy, Shakarqishloq va To'qimachilar MFY larida ijara asosida istiqomat qiluvchi talabalarining yashash sharoitlari bilan tanishib, ular bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida talabalarga qish mavsumi bo'lganligi sababli is gazidan, texnika va yong'in xavfsizligi, botulizmdan extiyot bo'lishlari ta'kidlanib, talabalarga institutimizda ular uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, bo'sh vaqtlarida kitob o'qishlari, tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etishlarini aytib o'tdi.