Institut O‘quv ishlari bo'yicha prorektor J.X.Kambarov Farg‘ona shahar, Muruvvat va Yuqori Qirguli MFYlarida ijara asosida istiqomat qiluvchi Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti talabalarining yashash sharoitlari bilan tanishdi hamda talabalar bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajalari, o‘quv jarayonidagi masalalar yuzasidan talabalar fikrlari o‘rganildi, shuningdek ta’lim sifati bo‘yicha suhbatlashildi.
Suhbat so‘ngida talabalarga texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari hamda darsdan bo‘sh vaqtlarda zarur bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun institutda yaratib berilayotgan sharoitlardan samarali foydalanishlarini ta'kidlab o'tdi