Kuni kecha Farg'ona politexnika instituti talabalar turar joyi ma'naviyat xonasida tarbiyachi-pedagog D. Qobilova tomonidan "Kitob va Kitobxonlik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur davra suhbatida Mexanika-mashinasozlik fakulteti "Tadbiqiy mexanika" kafedrasi professori Tõxtamurod Nabiyev oʻzining hayot yoʻli va kitobning inson hayotidagi oʻrni haqida talabalarga soʻzlab berdi . Ustoz oʻzi yozgan "Haqiqatnoma" , "Jahonnoma" va Ilmiy asarlarini talabalarga taqdim etdi.