Bugun Farg'ona politexnika institutida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistratura talabalari uchun davra suhbati tashkillandi.
Mazkur davra suhbatida "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtiro va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov, Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari bo‘lim boshlig‘i S. Abdullayev va Ish faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i E.Nishonov Farg‘ona adliya boshqarmasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bosh maslahatchisi Islombek Abdullazizov, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.A.Xamraqulov, ilmiy bo‘lim boshlig‘i S.F.Ergashev, “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” boshlig‘i A.Xomidov va professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistratura talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar ilmiy tadqiqotlar,patent olish va sohaga oid ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishdi.