Talabalarning yashash sharoitlari o'rganilmoqda


Bugun Farg‘ona politexnika instituti moliyaviy- iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Salimov, fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i I.Shermatov va Energetika fakulteti YBIB dekan o‘rinbosari I.Sobirovlar ijara asosida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olishdi. 

Farg‘ona shahar, Jo‘ydam MFY, Anorzor ko‘chasi 41-uy hamda Jo‘ydam ko‘chasi 265-uyda istiqomad qiluvchi talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va texnik xavfsizlik bilan tanishdi.

Suhbat so‘ngida talabalarga texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari hamda darsdan bo‘sh vaqtlarda zarur bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun institutda yaratib berilayotgan sharoitlardan samarali foydalanishlarini ta'kidlab o'tdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti